icon_widget_image Grabenweg 64 6020 Innsbruck icon_widget_image +43 699 110 875 89 icon_widget_image office@agroplanet.at
QORAMOLCHILIK EKSPORTI

Jarayon

Agroplanet dastlabki aloqadan yetkazib berishgacha bo’lgan jarayonni bir maromda bo’lishini ta’minlaydi.

QORAMOLCHILIK EKSPORTI

Qoramolchilik eksportida
8 bosqich

Biz Agroplanet qoramol sotish va eksport qilish jarayoni doim bir maromda bo’lishini ta’minlaymiz. Sizning Agroplanet bilan birinchi aloqangizdan qoramollaringizni o’z joyiga yetkazib berishgacha bo’lgan xarid jarayonini mijozlar va hamkorlarimiz uchun imkon qadar maksimal darajada aniq va shaffof amalga oshiramiz. Qoramol eksportida asosiy masala ideal transport konsepsiyasi uchun aniq loyiha ishlab chiqishdir. Yaxshi tashkil qilingan logistika har bir hayvon transportining bir maromda amal qilishi uchun zamin yaratadi. Biz turli xil transport imkoniyatlarini taklif etamiz va hayvonlar uchun qulay transport variantlarini alohida tanlab olamiz. To’g’ri transport usulini tanlash yetkazib berish joyiga, hayvonlar soniga va mijozlar istagiga bog’liqdir. Barcha huquqiy qoidalarga muvofiq hayvon uchun mo’ljallangan qulay transport biz uchun aynan ma’qul yo’l hisoblanadi. Biz qat’iy talab asosida doim Yevropa ittifoqi qonunlariga mos ravishda ish olib boramiz.

Shuning uchun biz mijoz va hamkorlarimiz bilan doim yaqin aloqada bo’lib, fikr almashib turamiz. Shu tarzda Agroplanet boshidanoq xavfsiz, maqul ish jarayoni bilan ta’minlanadi.

1 BOSQICH

ALOQA

Eng avval, qiziqqan mijozlar Agroplanet bilan aloqaga chiqadilar. Bu yerda siz bizga nimani izlayotganligingiz haqida xabar berasiz. Biz sizga bajonidil qoramol zotlarimizga va ularning xususiyatiga tegishli maslahat beramiz.

1
2 BOSQICH

TAKLIF

Qoramollar soni va zotlari haqida bir qarorga kelgan bo’lsangiz, sizni istaklaringizni e’tiborga olgan xolda sizga shaffof va odilona takliflarni taqdim etamiz.

2
3 BOSQICH

KELISHISH

Mijozlar qaror qabul qilgandan keyin, shartlar bilan tanishtirib kelishib olamiz. So’ngra doimgidek keyingi ish jarayonida hech narsa xalaqit bermaydi.

3
4 BOSQICH

HUJJATLARNI YAKUNLASH

Keyingi bosqich kerakli hujjatlarni sotish va eksport uchun tayyor holga keltirish. Bunga boshqa bojxona hujjatlari qatorida transport hujjatlari, va boshqa shartnoma hujjatlari kiradi.

4
5 BOSQICH

YETIB KELISH

So’ngra siz o’zingiz uchun qoramollarimizni haqiqiy rasmini olasiz. Agar siz biz tomonga qarab ko’rish uchun kelsangiz hammasi uchun o’zimiz yechimini hal qilamiz. Bizning xodimlarimiz mijozlarni to’g’ri aeroportdan olib ketadi va siz ko’rishingiz mumkin bo’lgan fermalarga olib keladi. Bundan tashqari biz albatta tunab qolish imkoniyatlarini ham hal qilamiz.

5
6 BOSQICH

NASLDOR QORAMOLLARNI TANLASH

Joyida mijozlar qoramollarni o’zlari tekshirib ko’rishlari va hayvonlarni o’zlari tanlab olishlari mumkin. Bizning keng ko’lamli taklifimizga, naslli qoramollarimizning yuqori sifatiga ishonch hosil qiling va to’g’ri kelgan qoramollarni tanlang.

6
7 BOSQICH

TRANSPORT

Bundan keyin siz tanlagan zotdor qoramollarni yetkazib berish amalga oshiriladi. Buning uchun biz keng miqyosda qoramollarga qulay usul bo’lgan transport bilan yetkazishni amalga oshiramiz. Barcha talablarga rioya etgan holda Yevropa ittifoqi qonunlariga mos ravishda bizning tajribali mutaxassis-xodimlarimiz qoramollarni korxona xo’jaligingizga keltirib beradi. Yerkazib berish manziliga qarab bizning zamonaviy hayvon transport-yuk mashinalari, shuningdek, maxsus kemalar va samolyotlar sizning ixtiyoringizda bo’ladi.

7
8 BOSQICH

YETKAZIB BERISH

Qoramollar manzilga yetib kelgach, ularni holatiga ishonch xosil qiling. Qoramollar yetkazib beriladi va kerakli hujjatlar imzolanadi.

8

FAQ-ko’p beriladigan savollar

FAQ

Kamida qancha qoramol sotib olishim kerak?

Biz 30 donadan boshlab qoramollarni butun dunyoga eksport qilamiz.

Sizni qoramol zotlaringiz kelib chiqishi qaysi Yevropa davlatiga to’g’ri keladi?

Bizning chorvachilik korxonalarimiz yevropa ittifoqi davlatlari: Germaniya, Avstriya, Fransiya, Italiya, Daniya, Niderlandiya, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Latviya, Estoniya, Irlandiya va Ispaniyada joylashgan.

Agar yevropadan qoramollarni sotib olmoqchi bo’lsam, bu jarayon qanday amalga oshiriladi?

Agroplanet firmasidan qoramollarni olish uchun birinchidan siz bizga murojaat qilishingiz kerak. Biz sizga takliflarimiz haqida ma’lumot beramiz va bu haqida bajonidil maslahatlashishingiz mumkin. Qoramollar soni va zotlari haqida bir qarorga kelgan bo’lsangiz, sizni istaklaringizni e’tiborga olgan xolda sizga shaffof va odilona takliflarni taqdim etamiz. Shartlar bo’yicha kelishib oladigan bo’lsak, sotish va eksport uchun kerakli hujjatlar bilan biz o’zimiz shug’ullanamiz. Shundan so’ng siz Avstriyaga tashrif buyurishingiz mumkin va hayvonlarni o’zingiz ko’rib tanlab olasiz. Keyin esa siz tanlab olgan zotli qoramollar Transporti to’g’ridan to’g’ri fermangizga yetkazib beriladi. Hayvonning salomatligi biz uchun yuqori o’rinda turadi, shuning uchun biz xavfsiz va hayvonlar uchun qulay bo’lgan transportdan foydalanishga e’tibor qaratamiz. Yetkazib berish qat’iy talablar asosida amalga oshiriladi va Yevropa ittifoqi qonunlariga doim mos keladi. Hayvonlar o’z joyiga yetib kelgandan keyin, ularni xolati haqida ishonch hosil qiling. Agar hammasi sizni qoniqtiradigan bo’lsa, yetkazib berish vazifasi yakunlangan hisoblanadi.

Biz sizing ochiq savollaringizga bajonidil javob beramiz va sizga takliflarimiz to’g’risida xabar beramiz. Istalgan vaqtda bizga aloqa blankasi, E-mail manzil yoki telefon orqali bog’laning.
Biz sizning savol va murojaatingizdan xursandmiz!

ALOQA